Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo o‘yinlarining 14-kunidan fotoreportaj
13:56 / 2023-10-08

Kecha, 7 oktyabr kun davomida terma jamoamiz a’zolari 2 ta oltin va 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Kun qahramonlari bilan tanishing:  

Oltin:  

Sevinch Rahimova (karate),  

Taxmina Ikromova (badiiy gimnastika).  

Bronza:  

Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash),  

Javrail Shapiyev (erkin kurash),  

Rustam Jangabayev (og‘ir atletika),  

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi,  

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi.  

[gallery-13907]

Bugungi kunga kelib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza medali bor. O‘zbekiston Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini beshinchi o‘rin bilan yakunladi.  

Ushbu natija orqali O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida o‘z rekordini yangiladi.  

Bungacha eng yaxshi natijani 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida qayd etgandik. O‘shanda delegatsiyamiz 20 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza medalini qo‘lga kiritgandi (69 ta medal).  

Xanchjoudagi o‘yinlarda esa O‘zbekiston medallar soni bo‘yicha ham, sifati bo‘yicha ham o‘z rekordini yangiladi.  

Bugun Osiyo o‘yinlarining so‘nggi kuni. Musobaqaning tantanali yopilish marosimini kunning ikkinchi yarmida o‘tkazish mo‘ljallangan.  

 

Muhammad AMIN(surat),O‘zA