Osiyo o‘yinlarida vakillarimiz 13-oltin medalga sazovor bo‘ldi
Xanchjou shahri mezbonligida o‘tayotgan qit’a o‘yinlarida delegatsiyamiz medal jamg‘arishda beshinchi o‘ringa chiqib oldi.
Bunga sabab Shohmurod Xolmurodov va Nurislom To‘xtasin o‘g‘lidan iborat juftlik kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 1000 metr masofaga o‘tgan final bahsida oltin medalni qo‘lga kiritgani bo‘ldi.

Vakillarimiz ushbu bahsda belgilangan masofani 3 daqiqa 43.796 soniyada bosib o‘tdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA