Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo o‘yinlarida Jalgasbay Berdimuratov oltin medalga sazovor bo‘ldi
16:56 / 2023-10-04

Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining yunon-rum kurashi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jalgasbay Berdimuratov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Jalgasbay 87 kilogrammgacha vazn toifasida so‘nggi xal qiluvchi final bosqichida eronlik Nosir Alizoda bilan bellashdi. Unda polvonimiz g‘alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Afsuski, Mahmud Bahshilloyev va Islomjon Bahromov bronza medali uchun kechgan bahsda yengildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA