Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan dzyudochilarimiz nomi ma’lum
Xitoyda o‘tadigan “Xanchjou-2022” Osiyo o‘yinlari boshlanish arafasida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi safida bahslarga kirishadigan tarkib nomi e’lon qilindi.
Nufuzli musobaqada vakillarimiz quyidagi tarkibda mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.
Erkaklar:
-60 kg: Dilshod Baratov
-66 kg: Sardor Nurillayev
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kg: Muso Sobirov
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev
+100 kg: Alisher Yusupov.
Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-63 kg: Sevinch Isoqova
-70 kg: Gulnoza Matniyozova
-78 Kg: Irisxon Qurbonboyeva
+78 kg: Rinata Ilmatova
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning dzyudo bo‘yicha bahslari 24-27 – sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
O‘zA