Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo o‘yinlari: voleybolchilarimiz va gandbolchilarimiz saralash bahslarida maydonga tushadi
12:06 / 2025-10-21

Bugun, 21 oktyabr kuni Bahraynda yoshlar o‘rtasida III Osiyo o‘yinlarining uchinchi musobaqalar kunida 5 ta sport turi – sohil voleyboli, tekbol, kabaddi, gandbol va voleybol bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilsa, O‘zbekiston sportchilari gandbol va voleybol bahslarida maydonga tushadi.

Kun davomida o‘tadigan gandbol musobaqalarining “A” guruhidan joy olgan O‘zbekiston qizlar terma jamoasi a’zolari Eron bilan kuch sinashsa, ushbu guruhda Hindiston – Qozog‘iston va Xitoy – Tailand jamoalari ro‘baro‘ keladi.

Kecha yurtimiz gandbolchi qizlari o‘z guruhida Hindiston jamoasini 39:25 hisobida mag‘lub etdi. Shuningdek, guruhdagi Qozog‘iston – Gonkong uchrashuvi 40:24 ko‘rinishida, Eron – Xitoy o‘yini 30:25 holatida yakunlandi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi “S” guruhida Saudiya Arabistoni yoshlari qarshiligini yengishga harakat qiladi.

Kecha voleybolchi yigitlarimiz guruhdagi ilk o‘yinda Qozog‘iston jamoasini 3:0 ko‘rinishida dog‘da qoldirgandi.

Eslatib o‘tamiz, yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlarining voleybol musobaqalari 29 oktyabrga qadar, gandbol o‘yinlari  30 oktyabrgacha davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA