Xitoyda o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida 27 sentyabr kuni O‘zbekiston sport delegatsiyasi 1 ta oltin, 4 ta kumush, 1 ta bronza, jami 6 medalni qo‘lga kiritdi.
Taekvondochimiz Ulug‘bek Rashitov oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Feruza Sodiqova (taekvondo), O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi, Nodirbek Abdusattorov (shaxmat) va Umida Omonova (shaxmat) kumush, Javohir Sindorov (shaxmat) esa bronza medaliga ega bo‘ldi.
[gallery-13758]
O‘yinlarning umumjamoa hisobida esa O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiyadan so‘ng 4 - o‘rinda bormoqda. Hozirga qadar delegatsiyamiz a’zolari 6 ta oltin, 10 ta kumush va 12 ta bronza, jami 28 ta medal jamg‘ardi.
Vakillarimiz ertaga, 28 sentyabr kuni Osiyo o‘yinlarida 13 sport turida — o‘q otish, tennis, stol tennisi, taekvondo, futbol, boks, kibersport, chim ustida xokkey, qilichbozlik, velosport, suzish, suv polosi, sport gimnastikasi bo‘yicha qatnashadi.
J. Toshxo‘jayev, O‘zA