Osiyo o‘yinlari: hozircha kurashchilarimizda 2 oltin va 1 kumush medali bor
Xanchjoudagi Osiyo o‘yinlarining yettinchi kunida kurash bo‘yicha dastlabki medalimiz qo‘lga kiritildi.
Musobaqining 66 kilogrammgacha vaznda hamyurtimiz Artyom Shturbabin finalda eronlik raqibi Majid Barimanlouni yengib oltin medal sohibi bo‘ldi.
Shuningdek, 52 kilogrammgacha vaznda Hilola Ortiqboyeva hamda Sitora Elmurodova finalda o‘zaro raqobatlashdi. Unda Hilola oltin, Sitora esa kumush medal bilan taqdirlandi.
J. Toshxo‘jayev, O‘zA