Poytaxtimizda Osiyo ot sporti federatsiyasining Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli anjumanda joriy yilning 24-aprel - 5-may kunlari “Jniversal Horses Stable” ot sporti klubida bo‘lib o‘tadigan to‘siqlardan sakrab o‘tish bo‘yicha “Millatlar kubogi” va “Jahon kubogi”ning saralash bosqichlari hamda ot yo‘rttirish bo‘yicha xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar atroflicha muhokama etildi. Shuningdek, tashkiliy masalalar ham ko‘rildi.

Bosh assambleya ishida Osiyo ot federatsiyasi, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi mas’ullari ishtirok etdi.
“Parij-2024” olimpiya o‘yinlari arafasida AEF Bosh assambleyasining o‘tkazilishi O‘zbekistonda ot sporti bo‘yicha olimpiya yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish uchun yana bir muhim qadam bo‘ldi.

[gallery-16293]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA