Osiyo oʻyinlari-2018. Kutilganidek futbolchilarimiz chorak finalda
Osiyo oʻyinlari-2018 dasturidan oʻrin olgan futbol musobaqalarida dastlabki chorak finalchilar aniqlandi.
Osiyo oʻyinlari-2018 dasturidan oʻrin olgan futbol musobaqalarida dastlabki chorak finalchilar aniqlandi.
Ushbu bosqichda Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi aʻzolari gonkonglik raqiblari ustidan yirik – 3:0 hisobida gʻalaba qozonishdi.
Avvaliga Ikrom Aliboyev hisobni ochgan boʻlsa, soʻngra Doston Hamdamovning ajoyib pasidan keyin Javohir Siddiqov oradagi farqni oshirdi. Birinchi boʻlimdayoq maydonda bir kishi kam boʻlib qolgan Gonkong U-23 terma jamoasi ikkinchi boʻlimda vakillarimizga aytarli qarshilik koʻrsatisholmadi. Buning samarasi oʻlaroq 65-daqiqada terma jamoamiz sardori Zabixullo Oʻrinboyev boshi bilan boʻsh qolgan darvozani aniq nishonga oldi va oʻyinda yakuniy nuqtani qoʻydi – 3:0.
Nimchorak finaldagi yana bir uchrashuvda Falastin olimpiya terma jamoasi suriyalik tengqurlariga kichik – 1:0 hisobida yutqazib qoʻyishdi. Bugun shuningdek Vyetnam – Bahrayn hamda Eron – Janubiy Koreya olimpiya terma jamoalari oʻzaro bahs olib borishadi. Bizning eʻtiborimizni koʻproq Eron va Janubiy Koreya bahsi oʻziga tortadi, negaki aynan ushbu toʻqnashuv gʻolibi yarim final yoʻlida Haydarov shogirdlariga raqib boʻlishadi.