Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo oʻyinlari-2018. Istomin birinchi yarim finalchi
12:56 / 2018-08-23

Indoneziyada davom etayotgan Osiyo oʻyinlari tobora qizgʻin tus olmoqda.


Indoneziyada davom etayotgan Osiyo oʻyinlari tobora qizgʻin tus olmoqda.

Musobaqa dasturidan oʻrin olgan tennis boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida hamyurtimiz Denis Istomin yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. U chorak finalda qozogʻistonlik Aleksandr Bublikka qarshi kortga tushdi. Birinchi setni 6:1 hisobida oʻz foydasiga hal qilgan turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi ikkinchi setni ham koʻtarinki ruhda boshladi va 3:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Biroq, bu set oxiriga yetmadi. Boisi Bublik oʻyinni davom ettirolmasligini bildirdi. Shu tariqa Istomin Osiyo oʻyinlarining tennis musobaqalarida yarim finalga yoʻl olgan dastlabki tennischiga aylandi. Yana bir vakilimiz, yosh va umidli sportchi Joʻrabek Karimov ham musobaqada ishtirokini davom ettirmoqda. U bir ozdan soʻng chorak finalda xitoylik Yibing Vuga qarshi kortga chiqadi.