Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo oʻyinlari-2018. Haydarov Gonkongga qarshi tarkibni eʻlon qildi
13:15 / 2018-08-23

Osiyo oʻyinlari-2018 dasturidan oʻrin olgan futbol musobaqalarida bugun nimchorak bosqichiga start beriladi.


Osiyo oʻyinlari-2018 dasturidan oʻrin olgan futbol musobaqalarida bugun nimchorak bosqichiga start beriladi.

Jumladan, Ravshan Haydarov boshchiligidagi Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi ushbu bosqichda Gonkong olimpiyachilari bilan kuch sinashadi. Ushbu oʻyinda vatanimiz sharafini quyidagi futbochilar himoya qilishadi: darvozabon – Botirali Ergashev, himoyachilar – Abbos Otaxonov, Doston Tursunov, Rustam Ashurmatov va Akrom Komilov, yarim himoyada Odiljon Hamrobekov, Ikrom Aliboyev, Javohir Siddiqov, Jaloliddin Masharipov va Doston Hamdamovlar harakat qilishsa, oldingi chiziqda jamoamiz sardori Zabixullo Oʻrinboyev zimmasiga raqib himoyachilarini bosim ostida ushlab turish vazifasi yuklangan. Zahiradan darvozabon Rahimjon Davronov, shuningdek Hojiakbar Alijonov, Jasur Yaxshiboyev, Bobir Abduholiqov, Islomjon Qobilov, Azizbek Turgʻunboyev, Doniyorjon Narzullayev, Xurshid Gʻiyosov hamda Andrey Sidorovlar oʻrin olishgan. Mazkur uchrashuvni BAA vakili Abdulrazzoq al-Marzuqi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurti Yusuf Abdulla al-Ali hamda saudiyalik Abdulrahim al-Shammarilar yordam berishadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Gonkong terma jamoalari uchrashuvi mahalliy vaqt bilan soat 14:00da boshlanadi.