Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OSIYO OʻYINLARI. 17-oltin choʻntakda yoxud Miraziz Mirzahalilov ham chempion
12:51 / 2018-09-01

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida davom etayotgan XVIII yozgi Osiyo oʻyinlarining eng tomoshabop va shiddatli yoʻnalishlaridan biri boʻlmish boksda navbatdagi vazn toifasida ham gʻoliblar aniqlandi

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida davom etayotgan XVIII yozgi Osiyo oʻyinlarining eng tomoshabop va shiddatli yoʻnalishlaridan biri boʻlmish boksda navbatdagi vazn toifasida ham gʻoliblar aniqlandi.

56 kilogacha boʻlgan vazn toifasida kechgan final jangida hamyurtimiz Mirazizbek Mirzahalilov KXDR terma jamoasi aʼzosi Jo Xyo Namga qarshi ringga koʻtarildi. Jang avvalida shimoliy koreyalik bokschi hujumga zoʻr bergandi, ammo taktikani toʻgʻri tanlagan hamyurtimiz raqibini toiqtirdi va keyin jangni oʻz nazorati ostida olib bordi. Va yakunda hakamlar bir ovozdan Mirazizbek Mirzahalilovning gʻalabasini eʼtirof etishdi. Shu tariqa Oʻzbekiston sport delegatsiyasining XVIII yozgi Osiyo oʻyinlarida qoʻlga kiritgan oltin medallari soni 17taga yetdi.