Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo kubogidagi raqiblarimiz aniqlandi
15:26 / 2026-02-12

Kuala-Lumpur shahrida 2026-yilgi U17 Osiyo kubogiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston "D" guruhidan o‘rin oldi va Avstraliya, Hindiston va KXDR bilan o‘ynaydigan bo‘ldi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, mazkur musobaqa Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o‘tab beradi. Musobaqaning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2026-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.  

Turnir Saudiya Arabistonida 7-24-may kunlari bo‘lib o‘tadi. Quyida qur’a natijalari bilan tanishasiz:

"A" guruhi

Saudiya Arabistoni

Tojikiston

Tailand

Myanma

"B" guruhi

Yaponiya

Indoneziya

Xitoy

Qatar

"C" guruhi

Koreya Respublikasi

Yaman

Vetnam

BAA

"D" guruhi

O‘zbekiston

Avstraliya

Hindiston

KXDR

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA