Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo kubogida bugun 2-tur yakunlanadi
11:41 / 2026-01-11

Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo kubogining ikkinchi tur uchrashuvlari bugun o‘z yakuniga yetadi.

Aniqrog‘i, kubokning “D” guruhi peshqadami Avstraliya bir ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan Xitoyni sinovdan o‘tkazsa, o‘tgan turda durang qayd etgan Iroq so‘nggi o‘rinda qayd etilgan Tailand bilan bahs olib boradi. Ushbu uchrashuvlarda Avstraliya g‘alaba qozonsa, muddatidan avval chorak finalga chiqadi. Bunga sabab, Xitoy va Iroqda ham gollar nisbati, ham ochkolar bir xil ekanligidir.

Kuni kecha “B” guruhining ikkinchi turida Yaponiya 3:0 hisobida BAA termasini taslim etdi va 6 ochko bilan chorak finalga muddatidan avval chidi. Qatar va Suriya bahsi 0:1 hisobida yakunlandi. Natijada BAA va Suriya 3 ochko bilan 2-3 o‘rinda qoldi. Qatar esa hamon ochkosiz holda to‘rtinchi o‘rinni band etgan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA