Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo kubogi: O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ertaga Shimoliy Koreyaga qarshi o‘ynaydi
15:23 / 2026-03-02

Avstraliyada futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi start oldi. Biz uchun ahamiyatlisi mazkur chempionatda uzoq yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Terma jamoamiz “B” guruhida Shimoliy Koreya, Xitoy va Bangladesh bilan kuch sinashadi. Termamizning ilk o‘yini 3-mart kuni Shimoliy Koreyaga qarshi o‘tsa, Xitoy va Bangladesh bilan 6 va 9-mart kunlari to‘qnash keladi.

Mamlakatimiz vaqti bilan ertaga soat 07:00 da boshlanadigan o‘yinda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi to‘liq oq libosda harakat qiladi.

Darvoqe, chempionatdagi guruhlar quyidagicha ko‘rinish olgan:

"A" guruhi: Avstraliya, Janubiy Koreya, Eron, Filippin;

"C" guruhi: Yaponiya, Vetnam, Hindiston va Xitoy Taypeyi.

Ma’lumot uchun, Osiyo kubogida jami 12 ta terma jamoa uch guruhga bo‘lingan holda raqobatlashadi. Guruh bahslarida 1-2 o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri chorak finalga yo‘l olsa, yarim final ishtirokchilari 2027-yil Braziliyada o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan 2 ta 3-o‘rindan joy olgan terma jamoalar 1/4 finalga chiqadi. Qit’a birinchiligining yarim final ishtirokchilari 2027-yilgi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.  

Darvoqe, chorak finalda mag‘lubiyatga uchragan jamoalar esa qo‘shimcha yo‘llanmalar uchun bellashadi. Pley-offdagi ikki g‘olib mundialda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. Mag‘lub bo‘lgan jamoalar konfederatsiyalararo pley-off bosqichida o‘z omadini yana bir bor sinab ko‘radi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA