Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo kubogi: Kutilmagan natijalar qayd etildi
12:41 / 2024-01-20

Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogining 2-turida “D” va “S” guruhlarida navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

“S” guruhidan o‘rin olgan Eron va Gongkong bahsi 1:0 hisobida yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golga Mehdi Gayedi mualliflik qildi. Shu tariqa Eron ikkinchi turdan keyin 6 ochko jamg‘argan holda 1/8 final bosqichiga yo‘l oldi.  

“D” guruhida Vetnam "Abdulloh bin Nosir bin Halifa" stadionida Indoneziyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shuningdek, Iroq terma jamoasi Yaponiyani 2:1 hisobida yengdi. 

Ushbu natijalardan so‘ng, Iroq termasi ochkolarini 6 taga yetkazib oldi va guruhda birinchi pog‘onaga ko‘tarildi. Yaponiya va Indoneziya terma jamoalari 3 ochko to‘plagan holda ikkinchi va uchinchi o‘rinda bormoqda. Vetnam hisobida esa umuman ochko yo‘q.  

Ma’lumot uchun, Avstraliya, Qatar, Iroq va Eron terma jamoalari ikkinchi turdan keyin Osiyo kubogining pley-off bosqichiga yo‘l oldi.  

Bugun, 20 yanvar kuni “E” guruhida ikkinchi tur bahslari davom ettiriladi. Unda Iordaniya - Janubiy Koreya, Bahrayn - Malayziya qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA