Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Osiyo kubogi-2023"ga Qatar mezbonlik qiladi
19:17 / 2023-05-10

Musobaqa 2024 yilning 12 yanvar - 10 fevral oralig‘ida 8 ta stadionda o‘tkaziladi.

Ertaga, 11 may kuni Qatarda bo‘lajak Osiyo kubogi final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.  

Tadbirda O‘FA Birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets ishtirok etadi. 2008 va 2011 yillarda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan o‘zbekistonlik Server Jeparov esa, Park Ji Sun, Tim Keyxil Osiyo futbol yulduzlari bilan bir qatorda qur’a tashlash jarayonida bevosita ishtirok etishi kutilmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, qur’a jarayonida terma jamoalar ayni paytdagi FIFA reytingiga ko‘ra savatchalarga ajratiladi. "Osiyo kubogi-2023" qur’asi uchun savatchalar quyidagicha bo‘ladi:  

1-savatcha Qatar (musobaqa mezboni), Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni

2-savatcha Iroq, BAA, Ummon, O‘zbekiston, Xitoy, Iordaniya  

3-savatcha Bahrayn, Suriya, Falastin, Vetnam, Qirg‘iziston, Livan  

4-savatcha Hindiston, Tojikiston, Tailand, Malayziya, Gonkong, Indoneziya

O‘zA