Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Barqaror obligatsiyalariga 25 million dollar sarmoya kiritdi
17:50 / 2023-09-07

Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki – OIIB O‘zbekistonning ikkinchi yirik banki bo‘lmish “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB) tomonidan 100 million AQSH dollari miqdoridagi besh yillik barqaror yevroobligatsiyalarni xususiy joylashtirishda ishtirok etdi. OIIB emissiyaga jami 25 million dollar sarmoya kiritdi.

Yig‘ilgan mablag‘lar yashil loyihalarni, jumladan, energiya samaradorligini oshirish, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish, barqaror qurilish, suv xavfsizligi hamda kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini moliyalashtirish hamda ayollar boshchiligidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.    

Mazkur emissiya “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Barqaror moliyalashtirish asoslari doirasida Xalqaro kapital bozori assotsiatsiyasining Yashil va ijtimoiy obligatsiyalar tamoyillariga muvofiqlashtirilgan birinchi Barqaror obligatsiya hisoblanadi.  

Ushbu xususiy joylashtirishda, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Germaniya investitsiya va taraqqiyot korporatsiyasi hamda Avstriya taraqqiyot banki kabi xalqaro tashkilotlar sarmoyachilar qatoridan joy olishdi.  

Ma’lumot o‘rnida 2019 yilda SQB, O‘zbekiston banklari ichida birinchi bo‘lib, London fond birjasida 300 million AQSH dollari miqdoridagi yevroobligatsiyalarni xalqaro kapital bozorlarida joylashtirgan. 2023 yil avgust oyidagi joylashuvi bankning xalqaro birjadagi ikkinchi joylashuvi hisoblanadi.  

Joylashtirishda ishtirok etish OIIBning barqaror rivojlanishga ko‘maklashish va a’zolarining moliyaviy infratuzilmasini mustahkamlash majburiyatiga mos keladi. O‘zbekiston ham OIIBning ta’sischi a’zolaridan biri hisoblanadi.  

OIIBning O‘zbekistondagi investitsiya portfeli energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport va tibbiyot sohalarida qiymati 2,4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 13 ta loyihani o‘z ichiga oladi. Bunga Samarqand, Jizzax va Surxondaryodagi quyosh konlarini o‘zlashtirishni moliyalashtirish uchun 394 million AQSH dollari miqdoridagi loyihasi kiradi. Ular Abu-Dabidagi Future Energy Company (Masdar) tomonidan amalga oshiriladi hamda Buxoro viloyatida suv ta’minoti va kanalizatsiya, yo‘l tarmoqlarini yaxshilash va temir yo‘l bo‘yicha infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab loyihalarni amalga oshiradi.    

O‘zA