Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari Toshkentga keldi
15:06 / 2022-05-11

Bugun, 11 may kuni yurtimizga Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifa boshchiligidagi OFK delegatsiyasi yetib keldi.

Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov kutib olishdi.

OFK delegatsiyasi safar mobaynida O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar, xususan, joriy yilning iyun oyida Toshkent va Qarshi shaharlarida o‘tkaziladigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishishadi. 

Shuningdek, qit’a futbol mutasaddilari bilan O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirishga oid masalalar atroflicha muhokama qilinishi kutilmoqda.

O‘zA