Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo chempionligiga erishgan futbolchi “Andijon”ga qo‘shildi
10:52 / 2026-02-18

O‘tgan yili Saudiya Arabistonida futbol bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi jamoalar o‘rtasida o‘tkazilgan qit’a kubogida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi a’zosi, iste’dodli yarim himoyachi Sayfiddin Sodiqov faoliyatini “Andijon” jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Bu haqda xabar bergan “Andijon” futbol klubi jamoa seleksiya jarayonida tajribali o‘yinchilar bilan birga kelajagi porloq futbolchilarga ham e’tibor qaratayotganini keltirib o‘tdi.

Yaqinda “Andijon” jamoasi Antaliyada o‘tkazgan yig‘inda mahoratli  yarim himoyachi Sayfiddin Sodiqov qatnashganini hamda ushbu o‘quv-yig‘in natijalariga ko‘ra, klub u bilan mehnat shartnomasi imzolaganini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2008-yil Toshkent shahrida tavallud topgan Sayfiddin Sodiqov “Odil Junior” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA