Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo chempionlar ligasiga qur’a tashlandi
16:28 / 2015-12-10

2016-yilgi Osiyo chempionlar ligasida mamlakatimiz sharafini to‘rtta jamoamiz himoya qiladi. Nufuzli musobaqada Toshkentning “Paxtakor”, “Lokomotiv” va Qarshining “Nasaf” klublari bahslarni guruh bosqichidan boshlasa, “Bunyodkor” jamoasi pley-off bosqichida o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazadi.

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo chempionlar ligasiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, mamlakatimizning amaldagi chempioni – “Paxtakor” jamoasi “C” guruhida Saudiya Arabistonining “Al Hilol”, Eronning “Traktorsozi” jamoalari bilan kuch sinashsa, “Lokomotiv” “Fulad” (Eron), “Al Nasr” (Birlashgan Arab Amirliklari) klublari bilan “A” guruhidan joy oldi.

Mamlakat chempionatining bronza medal sohibi Qarshining “Nasaf” jamoasi “D” guruhida Birlashgan Arab Amirliklarining “Al Ayn” va Saudiya Arabistonining “Al Ahli” jamoalari bilan maydonga tushadi. Har uch guruhdagi to‘rtinchi jamoa nomi pley-off bahslaridan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

“Bunyodkor” jamoasi Osiyo chempionlar ligasining guruh bahslarida qatnashish uchun pley-off bosqichida Birlashgan Arab Amirliklarining “Al Shabab” klubi bilan kuch sinashadi. Mazkur bahsda g‘alaba qozongan jamoa “Al-Nasr” (Saudiya Arabistoni), “Zobaxan” (Eron) va “Lahviya” (Qatar) klublari bilan “B” guruhidan joy oladi.