Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlandi
16:03 / 2021-01-27

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2021 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlandi.

Joriy yildan e’tiboran guruh bosqichida Osiyo futbol konfederatsiyasining 40 ta klubi ishtirok etadi va 10 ta guruhda (5ta G‘arb, 5ta Sharq) 4 tadan jamoa qatnashadi. G‘arb mintaqasidagi o‘yinlar 14-30 aprel kunlari, Sharq mintaqasidagi o‘yinlar esa 21 apreldan 7 maygacha markazlashgan holda bo‘lib o‘tadi.

Qur’a tashlash marosimida “Paxtakor” O‘zbekiston chempioni sifatida 3-savatchadan joy oldi va 2021 yilgi Osiyo chempionlar ligasi musobaqasining “B” guruhida "Sharja" (BAA), "Traktorsozi" (Eron), "Al Vahda" (Saudiya Arabistoni) yoki "Al Quva Al Javiya" (Iroq) g‘olibiga qarshi raqobatlashadigan bo‘ldi.

O‘zbekistonning yana bir vakili “AGMK” klubi esa pley-off bosqichida "Al-Garafa"ni mag‘lub eta olsa, OCHLning “A” guruhida  "Al-Hilol" (Saudiya Arabistoni), “Shabab Al-Ahli Dubay" (BAA), "Istiqlol" (Eron) kabi jamoalari bilan kuch sinashadi.

"A" guruhi:

"Al-Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Shabab Al-Ahli Dubay" (BAA), "Istiqlol" (Tojikiston), "Al-Garafa" (Qatar) yoki AGMK (O‘zbekiston)

"B" guruhi:  

"Sharja" (BAA), "Traktorsozi" (Eron), "Paxtakor" (O‘zbekiston), "Al Vahda" (Saudiya Arabistoni) yoki "Al Quva Al Javiya" (Iroq)

"C" guruhi:

"Al-Duhayl" (Qatar), "Al-Ahli" (Saudiya Arabistoni), "Istiqlol" (Eron), "Al Shorta" (Iroq)

"D" guruhi:

"Al-Sadd" (Qatar), "Al-Nassr" (Saudiya Arabistoni), "Al-Vihdat" (Iordaniya), "Fulad" (Eron) yoki "Al Ayn" (BAA)

"E" guruhi:  

"Persepolis" (Eron), "Al-Rayyan" (Qatar), "Goa" (Hindiston), "Al Vahda" (BAA) yoki "Al Zavra" (Iroq)