Osiyo chempionatining yangilangan dasturi e’lon qilindi
Xabaringiz bor, bugun butun O‘zbekiston bo‘ylab elektr tarmog‘ida uzilishlar kuzatildi.
Shu munosabat bilan Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan Osiyo chempionatida ham bugunga belgilangan janglar o‘tkazilmadi.
Tashkiliy qo‘mita qaroriga ko‘ra, musobaqa dasturi quyidagicha ko‘rinish oldi:
U-22 Osiyo chempionati dasturida o‘zgarish:
26 yanvar: dam olish kuni
27 yanvar: Yarim finallar (ayollar-12:00-16:00, erkaklar-17:00-21:00)
28 yanvar: dam olish kuni
29 yanvar: finallar (ayollar-13:00-16:00, erkaklar 17:00-20:00)