Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo chempionatining ilk kunida qilichbozlarimiz 2 ta oltin va 2 ta kumush medaliga sazovor bo‘ldi
07:15 / 2022-02-25

Fotoreportaj

Poytaxtimizdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida qilichbozlik bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga start berildi.

Musobaqaning rasmiy ochilish marosimdan  so‘ng, final bahslariga ruxsat berildi. Qizlar o‘rtasidagi rapira qurolida bahslarga kirishgan hamyurtimiz Marjona Usmonova Eron va gonkonglik raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Oltin medal uchun u tailandlik raqibasiga qarshi maydonga chiqdi.  Bellashuvda dadil va chaqqon harakatlari evaziga raqibasini mag‘lub eta oldi.

[gallery-5894]

Shu o‘rinda, sablyachi yigitlarimizning ajoyib ishtirokini alohida ta’kidlash joiz. Ikki iqtidorli sportchimiz Allaniyoz Eshchanov hamda Islombek Abdazov barcha raqiblarini mag‘lub etib, finalda o‘zaro bahs olib borishdi. Islombek tengdoshidan mahorat bobida ustun ekanligini namoyish etib, g‘alaba nashidasini surdi. Shuningdek, chempionlik yo‘lida shpagachimiz Meyirxon Timurov  finalda  qozog‘istonlik Bogdan Lukinga imkoniyatni boy berdi.

Birinchi kun barakali bo‘ldi: qilichbozlarimiz 2 ta oltin hamda 2 ta kumush medallariga ega bo‘lishdi.
 



Muhammad AMIN(surat), O‘zA