Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo chempionatining ilk kunida polvonlarimiz 12 medalga sazovor boʻldi
18:43 / 2019-06-20

Tailandning Pattayya shahrida kurash boʻyicha yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.


Tailandning Pattayya shahrida kurash boʻyicha yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.

Osiyo kurash konfederatsiyasi matbuot xizmati xabariga koʻra, kecha musobaqaning ilk kunida yigitlar 81, 90, 100 va +100, qizlar esa 44, 48, 52 hamda 57 kilogramm vazn toifasida gʻoliblik uchun gilamga tushdi.

Bu musobaqada ikkita tarkib bilan ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari yigitlar oʻrtasidagi kechagi bellashuvlarda barcha vazn toifalarida oltin va kumush medalni qoʻlga kiritdi. Shu tariqa birinchi kungi natijalarga koʻra, yurtimiz polvonlari hisobida oltitadan oltin va kumush medal boʻlib turibdi.

Qizlar oʻrtasidagi bahslarda kichik vazn toifalarida oltin medallar Hindiston va Vyetnam jamoasi aʼzolariga nasib etdi, 52 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida hamyurtlarimiz Zarnigor Rahmiddinova hamda 57 kilogrammgacha boʻlgan vaznda Iroda Mamasheva shohsupaning yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.

Quyidagi Osiyo chempionatining dastlabki kungi gʻoliblari bilan tanishishingiz mumkin.

Yigitlar:

-81 kg.

1. Umar Bozorov (Oʻzbekiston)
2. Erkin Qozoqov (Oʻzbekiston)
3. Chang Chi-Feng (Xitoy Taypeyi)
3. Bui Txein Xoang (Vyetnam).

-90 kg.

1. Shahobiddin Hamroyev (Oʻzbekiston)
2. Arnold Normoʻminov (Oʻzbekiston)
3. Fan Kuan-Yu (Xitoy Taypeyi)
3. Sim Xyongbin (Janubiy Koreya).

-100 kg.

1. Roʻziboy Narzullayev (Oʻzbekiston)
2. Eʼzozbek Ravshanov (Oʻzbekiston)
3. Xarsh Ritolia (Hindiston)
3. Kim Jayemin (Janubiy Koreya).

+100 kg.

1. Beknazar Toʻraqulov (Oʻzbekiston)
2. Umidjon Idiyev (Oʻzbekiston)
3. Yanobabhi Dhananjaydn (Hindiston)
3. Phuvaded Charmchureye (Tailand).

Qizlar:

-44 kg.

1. Laxmi Kumari (Hindiston)
2. Barno Malikova (Oʻzbekiston)
3. Chanida Kxetrat (Tailand)
3. Damor Vishakxa (Hindiston).

-48 kg.

1. Do Tu Xa (Vyetnam)
2. Dillola Dehqonboyeva (Oʻzbekiston)
3. Xung Tzu-Yi (Xitoy Taypeyi)
3. Bui Ti Minx An (Vyetnam).

-52 kg.

1. Zarnigor Rahmiddinova (Oʻzbekiston)
2. Sung Ya-Ting (Xitoy Taypeyi)
3. Yeng Lian (Xitoy Taypeyi)
3. Navmiti (Hindiston).

-57 kg.

1. Iroda Mamasheva (Oʻzbekiston)
2. Ven Yun-Xua (Xitoy Taypeyi)
3. Kristi Sharma (Nepal)
3. Kannika Klimali (Xitoy Taypeyi).

Yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati bahslari bugun yakunlanadi.