Og‘ir atletika bo‘yicha poytaxtimizda o‘tayotgan Osiyo chempionatining bugungi bahslari hamyurtimiz uchun omadli o‘tdi. Madina Fayzullayeva ham o‘smirlar, ham yoshlar toifasida ishtirok etib, jami 5 ta medalni qo‘lga kiritdi. -76 kg vazn toifasida qatnashgan Fayzullayeva dast ko‘tarishda 82 kg, siltab ko‘tarishda 106 kg, jami 188 kg natija ko‘rsatdi. Bu unga o‘smirlar toifasida har 3 yo‘nalishda oltin, yoshlar kategoriyasida esa dast ko‘tarish va umumiy hisobda bronza medallarini keltirdi.
Erkaklar o‘rtasida kechgan bahslarda -89 kg vazn toifasida ishtirok etgan Yosh og‘ir atletikachimiz Hojiakbar Olimov ajoyib ishtiroki bilan olqishlarga sazovor bo‘ldi. Olimov dast ko‘tarish mashqida 145 kg bilan kumush, siltab ko‘tarishda esa 192 kg bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ikki kurash hisobida 337 kg qayd etgan polvonimiz shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Alirizo Moeni (Eron) — 357 (166+191) kg
Hojiakbar Olimov (O‘zbekiston) — 337 (145+192) kg
Ali Keshtkar (Eron) — 327 (141+186) kg
Yana bir sportchimiz O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrindori Abrorbek Ma’rufbekov tengqurlari orasida qit’amizda yetakchi ekanini isbotladi. Hamyurtimiz barcha yo‘nalishlarda raqiblaridan ustunlik qilib, jamoamiz hisobiga 3 ta oltin medal keltirdi.

Abrorbek Ma’rufbekov (O‘zbekiston) — 299 (136+163) kg
Surajbek Sapayev (Turkmaniston) — 294 (135+159) kg
Amirhussayn Sepah (Eron) — 290 (135+155) kg
<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/aHwIcc1_wBQ" title="Osiyo chempionatining bugungi bahslari hamyurtimiz uchun omadli o‘tdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>
Yoqubjon Melibayev