Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo chempionatida zafar quchishdi
16:48 / 2025-10-20

Vetnamda akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Qit’a birinchiligida 18 ta mamlakatdan 232 nafar sportchi 20 ta yo‘nalishda bahs olib bordi.

Musobaqalarda O‘zbekiston terma jamoasi munosib ishtirok etdi. Ayniqsa, jamoa safida maydonga chiqqan sirdaryolik eshkak eshuvchilar o‘z mahorati va sport tayyorgarligini namoyon etishib, mamlakatimiz bayrog‘ini yuksakka  ko‘tarishdi.

Anna Prakaten va Fazliddin Karimov oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Jamolbek Turg‘unov, Shahboz Xolmirzayev, Farrux Oblaqulov, Boburjon Muhiddinov hamda Mehrojbek Mamatqulovlar kumush medal sohibiga aylanishdi. Firdavs Maxkamov esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.  

Shu tariqa Sirdaryo viloyati sportchilari O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga bir nechta muhim medallarni olib berishdi va mamlakatimiz obro‘sini yanada yuksaltirishdi.

E’tiborli jihati shundaki, sirdaryolik eshkak eshuvchilar joriy yilning sentyabr oyida Ozarbayjonning Gabala, Gyandja, Gyoygyol, Mingyachevir, Sheki, Xankendi va Yevlax shaharlarida bo‘lib o‘tgan III MDH o‘yinlarida ham yuqori natijalarga erishgan edi. O‘sha musobaqalarda viloyat sportchilari 6 ta medalni — 4 ta oltin va 2 ta kumushni qo‘lga kiritishgandi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri