Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo chempionatida yosh bokschilarimiz porlamoqda
10:02 / 2023-10-26

Qozog‘istonning Ostona shahrida boks bo‘yicha yoshlar, qizlar, o‘smirlar va o‘smir qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Mazkur turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham to‘liq tarkib bilan qatnashmoqda.

Musobaqaning yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlarida Muhammadg‘iyos Sobutxonov, Miralijon Mavlonov, Samandar Olimov, Robiyahon Baxtiyorova, Uzukjamol Yunusova, Mushtariybonu Ibrohimjonova o‘z vazn toifalaridi keyingi bosqich masalasini hal qildi.  

Chempionatning o‘smirlar o‘rtasidagi janglarda Behruz Qurbonov, Ibrohim G‘iyosov, Shahbozbek Ergashev, Suxrob Rahmatullayev, Sardorbek Saidakbarov hamda Norbek Abdullayev ilk jangda g‘alaba qozonib, ikkinchi bosqichga yo‘l oldi.  

Qit’a birinchiligi 3 noyabr kuniga qadar davom etadi.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA