Osiyo chempionatida sportchilarimiz 6 ta medalga ega chiqishdi
Tailandning Banchang shahrida slalomda eshkak eshish bo‘yicha davom etayotgan qit’a chempionatining ilk kungi musobaqalari o‘zbekistonlik sportchilar uchun omadli yakunlandi.
Turli yosh toifalaridagi bahslarda mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari 6 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, musobaqada kattalar o‘rtasida baydarka slalomining yakkalik va uchlik dasturida, U-23 toifasidagi yakkalik yo‘nalishida startga chiqqan yigitlarimizning ishtirokini alohida ta’kidlash joiz. Sportchilarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga musharraf bo‘lishdi.
Ushbu yo‘nalishlarda terma jamoamiz a’zolaridan Jonibek Temirgaliyev, Barkamol Mirzahamdamov, Aleksandr Voroshilov, Barkamol Mirzahamdamov, Abubakr Bukanov va Sherzod Qurbonaliyev sovrinli o‘rinlarni egallashdi.
Qit’a chempionatining bahslari davom etmoqda.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA