French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo chempionatida ishtirok etgan taekvondochilarimiz kutib olindi
14:58 / 2021-06-22

Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportida Osiyo chempionatida munosib ishtirok etgan taekvondochilarimiz munosib tarzda kutib olindi.

Kutib olish marosimida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Livanda Osiyo chempionati va an’anaviy "Beirut Open" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Har ikkala musobaqada O‘zbekiston sharafini 17 nafar taekvondochi himoya qildi. Vakillarimiz qit’a chempionatida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medaliga ega bo‘ldi hamda umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

[gallery-2880]

"Beirut Open"da esa taekvondochilarimiz 5 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

 

O‘zA  

Muhammad AMIN (surat)