Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo chempionatida ilk g‘olib jamoalar aniqlandi
16:51 / 2025-06-29

Poytaxtimizdagi “Humo arena” majmuasida stol tennisi bo‘yicha o‘tayotgan XXIX Osiyo chempionatining U15 va U19 yosh toifalarining jamoaviy bahslarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Chempionatning U15 yosh toifasidagi qizlar yo‘nalishida Janubiy Koreya terma jamoasi birinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Yaponiya ikkinchi o‘rinda qayd etildi. Shuningdek, Singapur va Xitoy termalari kuchli uchlikni yakunlab berdi. Mazkur yoshdagi o‘g‘il bolalar bahsida Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari shohsupaga ko‘tarildi.  

[gallery-24092]

Musobaqaning  U19 yoshdagilar orasida Xitoy qizlar terma jamoasi oltin, Yaponiya termasi esa kumush medal bilan taqdirlandi. Janubiy Koreya va Xitoy Taypeyi bronza medaliga ega chiqdi. Shuningdek, xitoylik yigitlar ushbu yosh toifasida barcha raqiblarini ortda qoldirdi. Janubiy Koreya terma jamoasi kumush, Hindiston va Xitoy Taypeyi termasi bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA