Osiyo chempionati terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi
Iordaniyada sport kurashlari bo‘yicha o‘tayotgan U17 yosh toifasidagi Osiyo chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi.
Musobaqaning ilk kunida yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslar o‘tkazildi va unda polvonlarimiz 3 tadan oltin va kumush hamda 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Jumladan, Umidjon Karomov, Husniddin Abdukarimov va Sardor Xolmirzayev o‘z vazn toifalarida oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Hojiakbar Qo‘chqorov, Farrux Yo‘ldoshev hamda Saidamir Ne’matov kumush medali bilan taqdirlandi. Yagona bronza medal vazni -92 kg. bo‘lgan polvonimiz Faxrikamol Komiljonovga nasib etdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA