English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo chempionati: terma jamoamiz muvaffaqiyat qozonmoqda
19:44 / 2022-07-20

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida qit’a birinchiligi davom etmoqda.

Terma jamoamiz a’zolari yangi muvaffaqiyatlarga erishishda davom etmoqda. Jamila Panfilova -55 kg vazn toifasida ikki kurash bo‘yicha kumush medal sohibasi bo‘ldi. Vakilamiz dast ko‘tarish mashqida 86 kg bilan yetakchilik qilgan edi. Biroq siltab ko‘tarish yo‘nalishida unga ozgina omad yetishmadi. Ushbu mashqdagi 98 kg bilan u umumiy hisobda 183 kg natija ko‘rsatdi. Bu esa Panfilovaga ikki kurash bo‘yicha kumush medalni taqdim qildi.

U20 qizlar, -55 kg:

1. Yodsarn Poisian (Tailand) – 184 (81+103) kg

2. Jamina Panfilova (O‘zbekiston) – 183 (85+98) kg

3. Klarisa Juliana (Indoneziya) – 180 (78+102) kg.

-67 kg vazn toifasida bugungi bellashuvlarda o‘smirlar va yoshlar o‘zaro bahs olib bordi. Reglamentga ko‘ra, yakunda ularning natijalari o‘z toifalari bo‘yicha ajratib olindi. Shu tarzda yosh og‘ir atletika yulduzlari ishtirokidagi bahslarda Husinboy Matrasulov yoshlar, Bobur Umidov esa o‘smirlar toifasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Yoshlar, -67 kg:

1. Vichuma Virapxon (Tailand) – 300 (135+165) kg

2. Alisher Baiburov (Qozog‘iston) – 289 (134+155) kg

3. Husinboy Matrasulov (O‘zbekiston) – 178 ( 127+151) kg.

O‘smirlar, -67 kg:

1. Alisher Baiburov (Qozog‘iston) – 289 (134+155) kg

2. Ju Xyon Park (Koreya Respublikasi) – 255 (115+140) kg

3. Bobur Umidov (O‘zbekiston) – 255 (114+141) kg.

Qayd etish joiz, Husinboy Matrasulov barcha yo‘nalishlarda, Bobur Umidov dast ko‘tarish va ikki kurash, shuningdek, o‘smirlar toifasida umumiy hisobda sovrinli o‘rinlarga kira olmagan yana bir vakilimiz Ahliddin Hasanov siltab ko‘tarish mashqida bronza medali bilan taqdirlandi.

[gallery-7974]

Muhammad AMIN (surat), O‘zA