English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo chempionati qizg‘in raqobatga boy bo‘ldi
12:09 / 2022-05-30

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi “O‘zbegim" ot zavodiga qarashli otchoparda "Sharq marvaridi" shiori ostida Osiyo chempionati o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada 10 dan ortiq davlatlardan sportchilar 200 taga yaqin otlar mahoratini sinovdan o‘tkazdi. Poyga otlarning yoshidan kelib chiqib (2, 3, 4 va undan katta yoshdagi Axaltaka va ingliz zotli otlar) 1000 metrdan 2 ming 400 metrgacha bo‘lgan masofada tashkil etildi. 

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbirda Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi. Qayd etilganidek, Prezidentimiz tashabbusi bilan ot sportini rivojlantirish, zamonaviy beshkurash va polo sport turlarini aholi o‘rtasida ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida qator ishlar qilinmoqda. 

Xususan, bu kabi musobaqalardan ham ko‘zlangan maqsad – ot sport turi bilan shug‘ullanuvchilarni boshqa davlat sportchilari bilan raqobat qila oladigan darajaga yetkazish, xalqaro talab va standartlar asosida mutaxassislarni tayyorlash, sohada yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishga ko‘maklashishga qaratilgan. 

bugungi kunda ot ko‘paytirish va uni parvarishlash bo‘yicha faoliyat olib borayotgan 70 ga yaqin tadbirkorlarning 20 dan ortig‘i Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi. Musobaqa doirasida, Toshkent viloyati, Qozog‘iston, Tojikiston davlatlarida parvarishlangan Axaltaka va toza qonli ingliz zotli otlar ko‘rgazmasi hamda auksion savdosi ham tashkil etildi. bugungi kunda “O‘zbegim" ot zavodida 300 ga yaqin zotli arg‘umoqlar parvarishlanmoqda. Ular orasida Axaltaka zotidan tashqari, ingliz va arab zotli otlar ham bor.

A.Musayev, O‘zA.