Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo chempionati polvonlarimiz uchun omadli o‘tmoqda
12:07 / 2025-06-21

Vetnamda bo‘lib o‘tayotgan U–23 yosh toifasidagi sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida erkin va ayollar kurashi bo‘yicha bahslar qizg‘in davom etmoqda.

Erkin kurash musobaqalarida yurtimiz vakillari munosib natijalar qayd etishdi. Xususan, 57 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida qatnashgan Nodirbek Jumanazarov finalgacha yetib borib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Begijon Qo‘ldoshev va Otabek Nazirboyev ham o‘z vazn toifalarida bronza medali bilan taqdirlandilar.

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda esa Sandugash Jeinboyeva bronza medalini qo‘lga kiritib, terma jamoamiz hisobiga yana bir sovrinli o‘rinni qo‘shdi.

Ma’lumot o‘rnida: bungacha yakunlangan yunon-rum kurashi musobaqalarida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli uchinchi o‘rinni egallagan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA