Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Kuni kecha Osiyo chempionatining o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 7 ta kumush va 11 ta bronza jami 22 ta medal jamg‘ardi. Bugun, 3 noyabr kuni chempionatning yoshlar o‘rtasida final bahslari bo‘lib o‘tadi.
Unda bokschilarimizdan 9 nafar qiz va 7 o‘g‘il bola o‘z vaznida oltin medallar uchun kurashadi.
Quyida final janglarida ringga ko‘tariladigan charm qo‘lqop ustalari bilan tanishasiz:
Qizlar:
-48 kg Gulsevar G‘aniyeva;
-52 kg Zilolahon Yusupova;
-54 kg Uzukjamol Yunusova;
-57 kg Mushtariybonu Ibrohimjonova;
-60 kg Odinaxon Ismoilova;
-70 kg Oysha Toirova;
-75 kg Sanobar Bozorboyeva;
-81 kg Oltinoy Sotimboyeva;
+81 kg Diyoraxon Abdumannopova.
O‘g‘il bolalar:
-54 kg Samandar Olimov;
-60 kg Sayat Ilyasov;
-67 kg Shavkatjon Boltayev;
-75 kg Fazliddin Erkinboyev;
-80 kg Javohir Ummataliyev;
-86 kg Abdulaziz Abdurahmonov;
+92 kg Shahzod Polvonov.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA