Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo chempionati: Olti bokschimiz yarim finalda
15:00 / 2023-10-27

Qozog‘istonning Ostona shahrida boks bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo chempionatida yoshlar o‘rtasida yarim final ishitirokchilari nomi aniqlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar vakili chorak final jangida g‘alaba qozondi.

Jumladan, o‘z vaznlarida Muhammadg‘iyos Sobutxonov, Samandar Olimov, Sayat Ilyasov, Shavkatjon Boltayev, Fazliddin Erkinboyev, Javohir Ummataliyev yarim final bosqichiga yo‘l oldi. Afsuski, Miralijon Mavlonov, Qahramonjon Fozilov, Samandar Rahimjonov kabi yosh iste’dodlarimiz ushbu bosqichda musobaqa bilan xayrlashdi.  

Ma’ulomot uchun, Osiyo chempionati yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilmoqda. Bugun 12 nafar o‘smir bokschilarimiz chorak final janglarida ringga ko‘tariladi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA