Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo chempionati oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi
16:02 / 2022-01-22

Fotoreportaj

Poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida   22 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va ayollar o‘rtasidagi  bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha Osiyo chempionati oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada qit’amizning 12 mamlakatidan 150 nafarga yaqin bokschi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi. Umumiy hisobda esa ayni paytda 300 nafarga yaqin xorijiy mehmonlar yurtimizga yetib kelishgan.  

Matbuot anjumanida  Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov, Osiyo boks konfederatsiyasi (ASBC) prezidenti Anas Alotaiba, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov, terma jamoa vakillari,  ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda delegatsiya a’zolari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi.  

Osiyo chempionatida  Iroq, Iordaniya, Yaponiya, Qirg‘iziston, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Shri-Lanka, Tojikiston va O‘zbekiston   bokschilari ringga ko‘tariladi.  

Bugun poytaxtimizdagi “Universal sport saroyi” da musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.  

Musobaqalar 29 yanvargacha davom etadi.

[gallery-5535]

Muhammad AMIN (surat), O‘zA