Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo chempionati: 20 nafar bokschimiz oltin medallar uchun ringga ko‘tariladi
09:30 / 2024-09-09

Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida turli yosh toifalarida boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionati qizg‘in pallaga kirdi.

Aniqrog‘i, qit’a birinchiligining kichik o‘smirlar yo‘nalishida so‘nggi hal qiluvchi final bellashuvlari o‘tkazildi. Unga ko‘ra, Asilbek Rozo‘mboyev,  Yahyo Komilov, Muhammadali Istamov, Abduvohid Abdumajidov va Ayubxon Muhammadaliyev kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Kamronbek Bahodirov, Javlonbek Muhammadisoqov, Bekzodbek Ravshanbekov, Ahmadxon Abdusattorov va Muhammadrizo Xoldorov o‘z vaznlarida bronza medal bilan taqdirlandi.  

Bugun, 9 sentyabr kuni Osiyo chempionatida o‘smirlar toifasida final janglari bo‘lib o‘tadi. Unda qizlar o‘rtasida 8 nafar, o‘g‘il bolalar orasida esa 12 nafar bokschimiz oltin medal uchun jang qiladi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA