Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo chempionati: 11 nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun jang qiladi
10:26 / 2023-10-28

Qozog‘istonning Ostona shahrida boks bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo chempionatida o‘smirlar o‘rtasida yarim finaliga O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining 11 nafar vakili yo‘l oldi.

Chempionatning chorak final bahslari vakillarimiz uchun ancha omadli keldi. Unda Shohjahon Alisherov, Muhammadsaid G‘ulomov, Jahongir Ergashev,

Maftuna Musurmonova,

Bahora Abduraimova,

Robiya Ravshanova,

Muslima Turg‘unova,

Zuhro Rustamova,

Sevara Mamatova,

Aselya Tulegenova hamda

Rayhona Qurbonboyeva raqiblarini yengib final yo‘llanmasi uchun jang qiladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, ushbu 11 nafar bokschimiz yarim finalga yo‘l olgani bois kamida bronza medalini naqd qilgan.

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA