Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida davom etayotgan «Osiyo bolalari» xalqaro sport o‘yinlari doirasida taekvondo WT bellashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi.
Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 5 nafar vakili dayanga ko‘tarilib, 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.
Shu tariqa, nufuzli musobaqada yosh taekvondochilarimiz 4 ta oltin, 3 ta kumush hamda 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida Rossiya va Belarus terma jamoalarini ortda qoldirib, birinchi pog‘onadan joy oldi.
«Osiyo bolalari» xalqaro sport o‘yinlarida Behruz Salimov (48 kg.) Omadbek Otabekov (55 kg.) Ahadjon Muxtorov (73 kg.) Sofiya Xan (49 kg.) oltin medal bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Jahongir Serikboyev (63 kg.) Xudoynazar Shodmonov (+73 kg.) Feruza Ernazarova (+63 kg.) kumush, Valeriya Xegay (44 kg.) va Mubina Bobosaidova (55 kg.) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA