Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 5 avgustdagi qarori bilan O‘simliklarni himoya qilish sohasidagi litsenziyalash va ruxsat etish tartib taomillarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim me’yoriy huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.
O‘zbekistonda o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari asosan “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun hamda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunга asoslanadi.
– Mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilishda qo‘llaniladigan vositalarni olib kirish, o‘rganish, tahlil qilish, ularni muomaladan chiqarish va yo‘q qilish tartiblarini belgilab beruvchi yangi nizomlar tasdiqlandi, – deydi Buxoro tumani Fitosanitariya nazorati davlat inspektori Barot Karimov. – Endi ushbu sohadagi litsenziya va ruxsatnoma hujjatlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati asosida maxsus elektron tizim orqali rasmiylashtiriladi hamda Mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalarning ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalash pasporti xam joriy etildi.
– Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Soliq qo‘mitasiga 2024 yil 1 oktyabrga qadar kimyoviy vositalar va mineral o‘g‘itlarning mamlakatimizdagi aylanmasini tahlil qilish, xalqaro tajribani o‘rganish va ularni majburiy raqamli markirofkalashni joriy etish bo‘yicha tahlillar ishlab chiqarish vazifasi yuklatildi, – deydi tuman Fitosanitariya nazorati davlat inspektori Marjona Bahodirova. – Shu bilan birga O‘simliklar karantini agentligi, Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda xavf-xatarlarni tahlil qilish va avtomatlashtirilgan tanlab olish mexanizmini amaliyotga joriy etishi belgilandi.
Zarif Komilov, O‘zA