French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘simliklar karantini va himoyasi: 395 ming gektardan ortiq maydon uchun agrokimyoviy xaritalar ishlab chiqildi
14:02 / 2023-12-25

AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinovaning ma’lum qilishicha, joriy yilda 395 ming gektardan ortiq maydon uchun agrokimyoviy xaritalar ishlab chiqildi.

Mineral o‘g‘itlar sifatini laboratoriya tahlillaridan o‘tkazish tizimi joriy etilib, 655 ta namunadan 9 ta holatda standart talablariga javob bermaydigan mineral o‘g‘itlarni qo‘llashning oldi olindi.  

Import mahsulotlarida 189 mingdan ortiq ekspertiza o‘tkazilib, 1 137 holatda 25 turdagi karantin ob’ektlari aniqlandi. Mahalliy yetishtirilayotgan mahsulotlar bo‘yicha 147 mingga yaqin ekspertiza o‘tkazilib, 11 turdagi karantin ob’ektlari aniqlandi va xalqaro fitosanitar talablar buzilishining oldi olindi.  

O‘simliklar karantini sohasidagi “Detektor – xizmat it”lari soni 24 taga yetkazildi. Xizmat tomonidan noqonuniy import qilinayotgan 39 ming kilogrammga yaqin va 50 ming donadan ortiq karantin ostidagi mahsulotlar aniqlangan va fitosanitar choralar ko‘rilgan.  

Importda zararli karantin organizmlar aniqlangani sababli 15 davlatga 232 ta e’tiroznomalar yuborildi. 405 ming tonna 600 kilogramm va 15 ming donadan zararlangan import mahsulotlar eksportyor davlatlarga qaytarildi, 4,5 ming tonna va 403 ming donadan ortiq mahsulot yo‘q qilindi.  

 

Sh.Mamaturopova,

O‘zA