Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘simliklar karantini qonunchiligi xalqaro talablarga moslashtirilmoqda
11:47 / 2026-01-20

O‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi milliy qonunchilik Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya choralarini qo‘llash bo‘yicha bitimiga muvofiqlashtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonun xujjatlariga JSTning Sanitariya va fitosanitariya choralarini qo‘llash bo‘yicha bitimida belgilangan qoida va normalarga muvofiqlashtirish bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan qonun loyihasi quyi palata majlisida muhokama qilindi.  

Ta’kidlanganidek, loyihada nazarda tutilayotgan normalar fitosanitariya sohasidagi qonun hujjatlarini bugungi kundagi barcha xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, mamlakatimizda yetishtirilgan o‘simlik va o‘simlik mahsulotlarining xalqaro savdoda to‘siqlarsiz harakatlanishiga, o‘simliklar karantini sohasida huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi.  

[gallery-27214]

Loyihada karantin ostidagi o‘simlik va o‘simlik mahsulotlari ro‘yxati keltirilmoqda.  

Qonun loyihasini takomillashtirish davomida 70 dan ortiq tahririy tuzatishlar kiritildi. Loyihaning nomi amaliyotdan kelib chiqqan holda aniqlashtirildi. “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonun normalari xalqaro standartlar bilan qayta solishtirib chiqildi. Xalqaro fitosanitar standartlarda o‘z kuchini yo‘qotgan ayrim prinsip va tushunchalar qonun loyihasidan olib tashlangan. Asosiy tushunchalar xalqaro konvensiyalar va standartlarga mos ravishda aniqlashtirilgan.

Muhokamalarda bir qator savollar o‘rtaga tashlandi, mas’ullar tegishli javoblar qaytardi. Shundan so‘ng qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

M.Komilova, O‘zA