Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti — 100 yoshda 
17:54 / 2024-11-07

Bugun nafaqat Markaziy Osiyo mamlakatlari, balki butun jahon hamjamiyati iqlim o‘zgarishi tufayli yuzaga kelayotgan muammo va tahdidlarga javob topishga intilmoqda.

Bu muammolar qatoriga atmosferada issiqxona gazlarining ko‘payishi, yerning ustki qobig‘i haroratining ortishi, suv resurslari taqchilligi, tabiiy ofatlarning tez-tez takrorlanishi, cho‘llanish jarayonining o‘sishi va boshqalarni kiritish mumkin. Shu o‘rinda global iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini bartaraf etishda o‘simliklar genetik resurslarining o‘rni ham beqiyos sanaladi. 

Poytaxtda o‘tkazilgan O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Global iqlim o‘zgarishlari va oziq-ovqat xavfsizligida o‘simliklar genetik resurslarining roli” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumda ham ayni shu masalalar xususida so‘z yuritildi. 

Tadbirda o‘zbekistonlik olimlar, xalqaro hamda mahalliy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Simpoziumda qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov so‘zga chiqib, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining 100 yilligi bilan tabrikladi. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida genetikaning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. 

Mazkur simpoziumni o‘tkazishdan maqsad o‘simliklar genetik resurslarini saqlash va ulardan foydalanishning dolzarb masalalarini muhokama qilish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlarini belgilashdan iborat. 

Simpozium doirasida global iqlim o‘zgarishlari sharoitida o‘simliklar genetik resurslarini saqlash va ulardan foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda o‘simliklar genetik resurslarining roli, o‘simliklar genetik resurslarini o‘rganish va ulardan foydalanishda zamonaviy biotexnologik usullar, o‘simliklar genetik resurslarini xalqaro miqyosda almashinish va hamkorlik kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi. 

Bundan tashqari, tadbir doirasida 30 ga yaqin tematik sessiyalar tashkil etilgan bo‘lib, ularda o‘simliklar genetikasi sohasida amalga oshirilgan eng so‘nggi ishlanmalar hamda mavjud muammolarga yechim sifatida bir qancha takliflar berildi. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA