So‘nggi yillarda ortiqcha vazn va semizlik nafaqat estetik muammo, balki sog‘liq uchun jiddiy xavf sifatida tan olinmoqda. Qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari, yuqori qon bosimi va uyqu apnesi kabi kasalliklar ko‘p hollarda ortiqcha vazn bilan chambarchas bog‘liq.
Vaznni kamaytirishning turli yo‘llari ichida bariatrik operatsiya — ya’ni jarrohlik yo‘li bilan ortiqcha vaznni yo‘qotish — eng samarali usullardan biri sifatida qaralmoqda. Biroq, bu qarorni qabul qilishdan oldin uning ijobiy va salbiy jihatlarini chuqur o‘rganish zarur.
Sababi, har qanday operatsiya amaliyotida bo‘lgani kabi, oshqozon shuntlashdan so‘ng ham salbiy asoratlar yuzaga kelishi mumkin.
Organizmlar esa turli insonlarda turlicha — ya’ni yondosh, xamroh kasalliklariga ko‘ra operatsiya amaliyotlari ham, davo muolajalari ham turlicha ta’sir qilishi mumkin.
Demak, har qanday murakkab operatsiya amaliyotlarini qo‘llashda shoshilish yaramaydi.
Tibbiyot fanlari doktori, professor — Murod Hakimov bilan shu mavzuda o‘tkazgan suhbatimiz qizg‘in bo‘ldi.
Professor, suhbat davomida shuningdek, semizlikka sabab bo‘layotgan asosiy omillar yuzasidan ham to‘xtalib o‘tdi.
Batafsil “Salomat bo‘ling” dasturida:
<iframe width="1326" height="746" src="https://www.youtube.com/embed/VoX9f8dZICk" title="Oshqozon shuntlash: ijobiy va salbiy jihatlari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev, O‘zA