Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oshqozon osti bezi saratoni bilan kurash: oldini olish va zamonaviy terapiya (+video)
09:43 / 2026-02-14

Bugungi kunda tibbiyot katta yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, hanuz davolanishi murakkab va uzoq davom etadigan kasalliklar mavjud.

Shular qatorida oshqozon osti bezi saratoni eng xavflilaridan biri hisoblanadi. Ushbu xastalik ko‘pincha sezilarsiz rivojlanadi va kech aniqlanadi, bu esa davolash jarayonini murakkablashtiradi. 

Xalqaro statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu saraton turi bilan kasallangan bemorlarning 5 yillik omon qolish darajasi atigi 10 foiz atrofida. 1990–2021-yillar oralig‘ida esa ushbu kasallik bilan kasallanish holatlari taxminan 145 foizga oshgan. 

Mutaxassislar ta’kidlashicha, nosog‘lom turmush tarzi — chekish, spirtli ichimliklar iste’moli va noto‘g‘ri ovqatlanish ushbu kasallik xavfini kuchaytiradi. Shu bois muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tish va sog‘lom hayot tarziga amal qilish juda muhim. 

Hozirda olimlar yangi davolash usullari ustida ishlamoqda. Jumladan, ispaniyalik tadqiqotchilar sichqonlarda sinovdan o‘tkazilgan yangi kombinatsiyalangan terapiyani ishlab chiqdi, ammo u insonlarda qo‘llanishi uchun hali uzoq klinik sinovlarni talab qiladi. 

O‘zA ushbu kasallik yuzasidan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori onkolog, xirurg Bobur Saipov bilan subatlashdi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/x_S1NGhRC6s" title="Oshqozon osti bezi saratoni bilan kurash: oldini olish va zamonaviy terapiya" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Feruza Sultonova, Oybek Davronov,

Salim Karimjonov, O‘zA