French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oshqovoqlar xorijga eksport qilinmoqda
11:51 / 2024-10-15

“Sayxunobod tajribasi” bugun odamlarning bandligini ta’minlash, daromad topish ko‘nikmasini shakllantirishda juda qo‘l kelyapti.

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari joriy yilning 14 mart kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga tashrifi chog‘ida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga bir qator vazifalarni belgilab bergan edi.

–Ushbu, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘simlikliklar karantini va himoyasi agentligi hududdagi 19 ta mahallada oshqovoq yetishtirish istagidagi 1498 ta xonadon egalarining 210 gektar tomorqa maydoniga eksportbop "Muskat", "Gantel" navli oshqovoq ekish, yetishtirilgan hosilni sotib olish va eksportini uyushtirish bo‘yicha eksportyorlarni jalb qilish jarayonlarini tashkil qildi. Shu tariqa aholidan yig‘ilgan dastlabki hosil ayni kunda Rossiya, BAA, Latviya kabi davlatlarga eksport qilinmoqda,– deydi Sirdaryo viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi mutaxassisi Arslonbek Ergashev.

– Darvoqe, aholining tomorqasidan yetishtirilgan mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha mahallada “AGRO SAYXUN EKSPORT” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil qilindi,–deydi Sirdaryo viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Umid Abdurayimov.– Ushbu korxona tomonidan aholi xonadonlarining 210 gektar maydonida parvarishlanayotgan oshqovoqning vegetatsiya davrida talab etiladigan mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalari zaxirasi to‘liq shakllantirilib, O‘simlikliklar karantini va himoyasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi davlat inspektorlari tavsiyalariga asosan joylarga yetkazib berish tizimi ham joriy qilindi.

Shu kunlarda ushbu aholi xonadonlariga ekilgan oshqovoqning har bir gektaridan o‘rtacha 30 tonnadan 35 tonnaga qadar hosil yig‘ib olinmoqda. Ushbu olinadigan hosil eksport narxi o‘rtacha 1 kg oshqovoq uchun 2 500 so‘mdan 3000 so‘mgacha bo‘lib, aholi daromadi jami 12 mlrd 900 mln so‘mni tashkil etishi mutaxassislar tomonidan qayd etilmoqda.

G‘ulom Primov,

O‘zA muxbiri