Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oshqovoq eksportga jo‘natiladi
13:13 / 2024-09-24

Sayxunobod tumanining 19 ta hududida istiqomat qilayotgan "Ayollar daftari”, "Temir daftar” ro‘yxatida turgan, aholining kam ta’minlangan qatlami qo‘shimcha daromad topish, ro‘zg‘orlarini obod qilish uchun o‘zlariga tegishli bo‘lgan tomorqaning 300 gektariga "Sayxunobod tajribasi" asosida oshqovoqning serhosil navini ekkandi.

Bugun ular tomonidan ekilgan, parvarishlangan oshqovoqlar ham o‘tgan yilga qaraganda ertaroq pishib yetildi. Shu kunlarda uni yig‘ib olish, eksportyor korxonalarga yetkazish jadal sur’atlarda davom etyapti.

–Oshqovoq nafaqat ichki bozorda, tashqi bozorda ham o‘ta xaridorgir, – deydi Sayxunobod tuman savdo-sanoat palatasi rahbari Shoiraxon Shamatova. –Qolaversa, serhosil bo‘lganligi bois, Sayxunobod sharoitida 1 gektardan 10 tonna hosil olish mumkin. 

Shu bugunga qadar 224 tonna oshqovoq yig‘ib-terib olingan bo‘lsa, mavsum oxirigacha bu ko‘rsatkich 3000 tonnadan ham oshishi kutilyapti. 

[gallery-19458]

Muhimi, dalalarda oshqovoqlar serob. Uning ma’lum bir qismi tuman savdo- sanoat palatasi orqali eksportga yo‘naltirilsa, qolgan qismi ichki bozorga chiqariladi.

Bu esa "Ayollar daftari”, "Temir daftar” ro‘yxatida turgan, aholining kambag‘al qatlami daromadi ortishiga, ro‘zg‘orining to‘kin va farovon bo‘lishiga xizmat qiladi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri