Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OSHPda tez va aniq tashxis qo‘yish imkoniyati mavjud
07:03 / 2022-03-10

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi “Bag‘dod” oilaviy shifokorlik punkti “Bag‘dod”, “Mehnatobod”, “Saidobod” va “Samarqand” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 16 mingdan ziyod aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

[gallery-6075]

– Muassasamiz  zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, tez va aniq tashxis qo‘yish imkoniyati yaratilgan, – deydi “Bag‘dod” oilaviy shifokorlik punkti katta hamshirasi Sharifa Abdulqosimova. – bugungi kunda umumiy amaliyot shifokorlari, akusher-ginekolog, stomatolog va 27 nafar patronaj hamshiralarimiz malakali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelishyapti. Ayni kunlarda tajribali mutaxassislarimiz va patronaj hamshiralarimiz mahallalarda bo‘lib, aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishmoqda.

Mazkur oilaviy shifokorlik punkti  Qo‘qon tibbiyot kolleji va Rishton tibbiyot texnikumi bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Bu yerda  maxsus o‘quv xonasi tashkil etilgan bo‘lib, amaliyot o‘tash uchun shart-sharoitlar yaratilgan.


 

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA